O’zbekistonda biznes taraqqiyot imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish
O‘zbekiston bu tubdan o‘zgargan mamlakatdir. So‘nggi besh yil ichida keng ko‘lamli islohotlar dasturi milliy iqtisodiyotni liberallashtirib, misli ko‘rilmagan taraqqiyotga turtki berdi. Energetika sohasida mustaqil organning yaratilishidan tortib, kimyo sanoati, moliya sektori va boshqa strategik sohalarda yirik xususiylashtirish loyihalarigacha - O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti dunyo investorlarini jalb qilmoqda.
Bundan tashqari, texnologiya sanoati va innovatsion muhitning rivojlanishi O‘zbekistonning faol va tashabbuskor yosh avlodining mehnatlarini namoyon etadi.
Tarixiy Buyuk Ipak Yo’lining markazi bo’lgan O‘zbekiston, bugun jahon savdosida o‘z o‘rnini qayta tiklamoqda.
PwC bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu keng qamrovli sarmoyaviy qo‘llanmada O‘zbekistondagi investitsion muhit, so‘nggi iqtisodiy islohotlar va asosiy tarmoqlar bo‘yicha imkoniyatlar chuqur tahlil qilinadi. U makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, soliq va bojxona rejimlari, qonunchilik bazasi va biznesni tashkil etish tartiblarini qamrab oladi.
Qishloq xoʻjaligi, energetika, neft va gaz, AKT, toʻqimachilik, kimyo va farmatsevtika kabi strategik sohalarga alohida eʼtibor qaratilgan. Xorijiy investorlar, davlat institutlari va tadqiqotchilar uchun juda mos boʻlgan hujjatda investitsion muvaffaqiyatlar tarixi va Maxsus iqtisodiy zonalar (SEZ) doirasidagi imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar mavjud.

ITdan yashil energetika va turizmga qadar, «Yangi O‘zbekiston: katta imkoniyatlarga ega katta mamlakat» hisobotida xorijiy investorlar uchun mamlakatning eng dinamik sektorlari, ya'ni rivojlangan va katta o’zgarishlarga erishayotgan sohalar bilan tanishib chiqish imkoniyati taqdim etiladi.
Hisobot O‘zbekistonga qiziqish bildirgan xalqaro investorlar va institutlarning o‘sib borayotgan jamoatchiligining ruhiyatini aks ettiradi, London fond birjasidan tortib, Osiyo taraqqiyot banki, Rothschild & Company, EBRR, Franklin Templeton va British American Tobacco kabi tashkilotlargacha.

O‘zbekiston Raqamlarda

O’zbekistonda biznes yuritish
O’zbekiston iqtisodiy va fuqarolik liberallashtirish siyosatini amalga oshirib, yosh va yuqori malakali aholi yordamida rivojlanib bormoqda. Dunyo bo’ylab korxonalar hukumat va mahalliy jamoalar rivojlanish g’oyasi bilan birlashgan mamlakatga sarmoya kiritmoqdalar. Agar siz shamol va quyosh energiyasi sohasida faoliyat yuritayotgan korxona yoki innovatsion raqamli va moliyaviy texnologiyalarni ishlab chiqayotgan bo‘lsangiz, Yangi O‘zbekiston sizning hamkoringiz bo’lishni istaydi!


O’zbekistonning investitsion xaritasi
Investorlar fikri
