O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Ispaniyaning ACIR SOUTHERN EUROPE investitsiya kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Muzokaralarning asosiy maqsadi, Oʻzbekistonda qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha sarmoyaviy takliflarni aniqlash boʻldi. Xususan, korxona farmatsevtika, kosmetika, sanoat suvlarini tozalash, irrigatsiya, oziq-ovqat texnologiyalari kabi sohalarda loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor.
Ma’lumot uchun: ACIR Southern Europe (Ispaniya) Janubiy Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sanoat aloqalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. U individual asosda iqtisodiyotning turli sohalarida loyihalarni ishlab chiqadi, moliyalashtiradi va boshqaradi. Uning tajribasi unga kompaniyalarni xalqarolashtirish, moliyalashtirish va kengaytirish uchun eng yaxshi echimlarni taklif qilish imkonini beradi. Markaziy Osiyo davlatlari (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston) va Janubiy Yevropa (Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Gretsiya va Kipr) oʻrtasida investitsiya va savdo loyihalari amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv O‘zbekiston va Janubiy Yevropa mamlakatlari korxonalari, tashkilotlari va tadbirkorlari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirishga tomonlarning o‘zaro istagini tasdiqlovchi o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolash bilan yakunlandi. Ushbu Memorandum iqtisodiy o'sishga ko'maklashish va hamkorlikni mustahkamlash, mintaqada biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishga qaratilgan.