Joriy yilning 11-mart uni Parijda Fransiya-O‘zbekiston biznes forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbir MEDEF International Fransiyaning yetakchi tadbirkorlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Forumda moliya, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa muhim sohalarni qamrab olgan 70 dan ortiq fransuz kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida investitsiyaviy va sanoat yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida Alstom, Société Générale, Assystem, Edf, Eiffage Infrastructures, Meridiam, Natixis, Rothschild & Co, Safran, Veolia, Voltalia, Orano Mining, Airbus, Total Energies, Schneider Electric, SUEZ, Sodiaal, Imerys, Yves Rocher va Sanofi kabi yetakchi fransuz kompaniyalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha hujjatlar almashish marosimi o‘tkazildi. Forumda qayta tiklanadigan energiya, suv resurslaridan barqaror foydalanish va muhim mineral resurslarni o‘zlashtirish kabi sohasidagi tashabbuslarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Forum G2B va B2B muzokaralari bilan yakunlandi.