2025-yil 21-sentyabr kuni qadimiy Xiva shahrida Xorazm xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralari va diplomatic korpus vakillari shuningdek, xorijiy va mahalliy investorlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, mazkur forumda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori v.b. Mansurjon Rasulev mamlakatimizning investitsiyaviy muhitiga bag‘ishlangan taqdimot bilan chiqdi va Xorazm viloyatida xorijiy investorlar uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlar va yaratilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Forum doirasida Xorazm viloyati hokimligi va Allied Green Ammonia Pty Ltd kompaniyasi o‘rtasida viloyatda karbonsiz aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.