2025-yil 17-aprel kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Islom taraqqiyot banki (ITB) va Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (CAREC) instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun qayta tiklanuvchi energetika sohasida investitsiya loyihalarini jalb etish bo‘yicha qo‘llanmalar va taqdimot materiallar ishlab chiqish, pirovardida barqaror va arzon energiya manbalarini yaratish orqali iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlash masalalari ko‘tarildi.

Shuningdek, Agentlikning institutsional salohiyatini oshirish va tahliliy imkoniyatlarini kengaytirish, shu jumladan Agentlik hodimlari uchun investorlar bilan ishlash, muzokaralar olib borish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini yanada aniqlashtirish maqsadida o‘zaro muloqotni davom ettirishga kelishildi.