1-apreldan boshlab:

  • Soliq qonunbuzarligi uchun javobgarlik yengillashtiriladi. Agar huquqbuzarlik birinchi marta aniqlansa — ogohlantirish bilan cheklaniladi. Takroriy holatda, uch kun ichida — bu holat joyiga borib tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘ladi.

  • Chorvachilik va parranda yetishtirish xo‘jaliklari uchun QQSni qaytarish bo‘yicha soddalashtirilgan tartib joriy qilinadi. 2028-yil 1-yanvargacha ular har oyda to‘langan QQSning 50% qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi. Buning uchun kamida 90% daromad o‘z mahsulotlari (go‘sht, sut, tuxum, parranda go‘shti) hisobiga bo‘lishi kerak.                   

  • Yangi tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari va dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi kooperativlar hamda ularga qabul qilingan xodimlar uchun ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1%gacha tushiriladi.

1-maydan boshlab:

  • Biznesni kengaytirishni rag‘batlantirish choralariga start beriladi. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lganlardan, davlat boji undirilmaydi. Bunday subyektlarga garovsiz kreditlar ajratiladi:

    • oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida — 50 million so‘mgacha;

    • kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida — 150 million so‘mgacha.

  • Yil davomida o‘rta yoki yirik biznes toifasiga o‘tgan subyektlar birinchi yilda QQSni 7 kun ichida tezlashtirilgan tartibda qaytarish huquqiga ega bo‘ladi.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi tashkil etilgan kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlashda minimal aylanma talab etilmaydi — faqat garov ta'minoti asosida.

  • “Chempion tadbirkorlar”ni qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushiriladi. Unga ko‘ra, har bir tuman, viloyat va respublika darajasida yuqori o‘sish salohiyatiga ega tadbirkorlar ro‘yxatlari shakllantiriladi.

  • Mamlakatning 20 ta tumanida sanoatni tezkor rivojlantirishga ixtisoslashgan loyiha ofislari tashkil etiladi. Ular kichik va o‘rta biznes subyektlariga muhandis, buxgalter, marketing bo‘yicha mutaxassislar jalb qilinishda ko‘maklashadilar. Bu tashabbus uchun Davlat budjetidan 100 milliard so‘m ajratiladi.

1-iyuldan boshlab:

  • Kichik va o‘rta biznes uchun qo‘shimcha majburiyatlar yuklaydigan yangi normativ hujjatlarni qabul qilishga uch yillik moratoriy joriy etiladi. Moratoriy 2028-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

  • “Yangi qoidalar yagona sanadan kuchga kiradi” qoidasi joriy etiladi - biznesga taalluqli barcha o‘zgarishlar faqat 1-yanvar yoki 1-iyuldan kuchga kiradi.

  • “Birinchi imkoniyat” tamoyili tatbiq etiladi. Kichik biznes subyektlari o‘z faoliyatining birinchi yilida ma'muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ysa, ma'muriy javobgarlikga tortilmaydi.

  • Yuksak texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish sharti bilan, loyiha ofislarining tavsiyasi asosida, davlat mulkidagi bo‘sh turgan 10 ming kv.m gacha bo‘lgan inshoatlar 5 yilgacha bepul foydalanishga beriladi.

1-sentabrdan boshlab:

  • Kichik va o‘rta biznes subyektlari faoliyatini to‘xtatish istagini bildirsa, quyidagi shartlar asosida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi:

    • so‘nggi 3 yildagi umumiy daromad 10 milliard so‘mdan oshmagan bo‘lsa;

    • byudjet va kreditorlar oldida qarzdorlik mavjud bo‘lmasa;

    • risk tahlili tizimida “past xavf” darajasiga ega bo‘lsa;

    • soliq hisobotlari o‘z vaqtida va to‘liq topshirilgan bo‘lsa.

 

*Manbalar:  

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.03.2025 yildagi PF-50-son

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.02.2025 yildagi PQ-78-son

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.01.2025 yildagi PQ-12-son

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.12.2024 yildagi PF-229-son

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.01.2025 yildagi PQ-34-son