Joriy yilning 5-fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida Malayziya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim ishtirok etdi. Forumda Petronas, Proton, MMC Corporation, DRB-Hicom, Five Petroleum kabi yetakchi kompaniyalar va moliyaviy institutlarning 300 dan ortiq vakillari qatnashdi.

Forum davomida O‘zbekistonning investitsion muhiti hamda turli sohalargа sarmoya kiritish imkoniyatlari to’g’risida tanishtirildi. Shu jumladan, qishloq xo‘jaligi, qayta tiklanuvchi energiya, gidroenergetika, kimyo sanoati, ishlab chiqarish va savdo yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus taqdimotlar o‘tkazildi. Ushbu taqdimotlarda O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari, maxsus iqtisodiy zonalar, hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi​.

Forum doirasida bir qator muhim investitsiya hamda savdo shartnomalari imzolandi. Ushbu hujjatlar qishloq xo‘jaligi (zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish), qayta tiklanuvchi energiya manbalari, savdo, neft-gaz sohasi va boshqa ko‘plab loyihalarni o‘z ichiga oladi. Xususan:

· Malayziyaning Lifestyle Essentials va Farg‘ona viloyati hokimligi o‘rtasida quyosh panellari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi;

· MYDIN va Havas Holding kompaniyalari o‘rtasida savdo hamkorligi bo‘yicha shartnoma;

· AKFA ETRUSIONS МChJ va United Hydraulic Sdn Bhd kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandum;

· Malayziyaning Five Petroleum Malaysia kompaniyasi va O‘zbekneftgaz kompaniyasi o‘rtasida neft-gaz sohasida hamkorlik bitimi;

· Malayziyaning Nextgreen Global Berhad kompaniyasi va Global Textile kompaniyasi o‘rtasida sellyuloza ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik loyihasi.

Tadbir yakunida G2B va B2B uchrashuvlari o‘tkazilib, O‘zbekiston Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tomonidan maxsus G2B formatidagi konsultativ “stend” tashkil etildi. Ushbu platforma orqali Malayziya biznes vakillari O‘zbekistonda biznes yuritishning barcha jihatlari bo‘yicha ma’lumot lar berildi ​.