2025-yil 12-may kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligida Iordaniya Qirolligining Milliy arab konchilik kompaniyasi (NAMC) va uning O‘zbekistondagi hamkori Basalt Uzbekistan vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida NAMC kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda basalt kompozit materiallari ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish, shuningdek Iordaniya bozorida savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Tomonlar investitsiya imkoniyatlari, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish shartlari va taqdim etiladigan imtiyozlar yuzasidan axborot almashdi hamda ehtimoliy hamkorlik yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish uchun muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
Ma’lumot uchun: NAMC – Iordaniya milliy kompaniyasi bo‘lib, uning tarkibida umumiy qiymati 600 mln. dollardan ortiq qiymatga ega bo‘lgan bazalt, lityum, marganes sulfat ishlab chiqarish zavodlari mavjud.
.jpg)
.jpg)