O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hujjatlarni imzoladi. Asosiy jihatlari:
1. Barqaror soliq stavkalari
2028-yil 1-yanvargacha quyidagi soliq stavkalari o‘zgarmaydi:
- QQS — 12%;
- Foyda solig‘i — 15% (sohaga xos stavkalarga ega soliq to‘lovchilar bundan mustasno).
2. Ishlab chiqarish korxonalari uchun imtiyozli soliqqa tortish
2025-2028-yillarda tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini pasaytirilgan - 1% stavkada to‘lashlari mumkin, agar:
- jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil topganda;
- har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
- daromadning kamida 90% i asosiy mahsulotdan tushgan bo‘lsa.
3. Biznes uchun boshqa soliq o‘zgarishlari:
3.1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaning QQSdan ozod etilish.
3.2. Quyidagi yo‘nalishlar uchun soliq imtiyozlarini joriy qilish:
- IT-sohasi;
- nashriyot va matbaa faoliyati;
- yoshlar tadbirkorligi.
3.3. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish uchun soliq imtiyozlari.
Qaysi imtiyozlar bekor qilinadi?
- Tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlarni qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq imtiyozlari;
- Aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan stavkalari, soliq stavkasi bo‘yicha soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi normalar.
*Manbalar:
O‘zbekiston Respublikasining 24.12.2024 yildagi O‘RQ-1014-son Qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.12.2024 yildagi PF-229-son Farmoni