Mazkur, sessiyada Markaziy Osiyo mamlakatlarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirishga qaratilgan samarali va maqsadli strategiyalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Panel sessiyada BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UN ESCAP) vakili Hizer L. Taylor-Shtrauss moderatorlik qildi. Bundan tashqari sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktor v.b. Mansurjon Rasulev, StoneX kompaniyasining rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha katta tahlilchisi Xuan Pablo Garmendia, “Kazakh Invest” milliy kompaniyasi direktori Yerjan Yelekeyev, Boston Consulting Group (BCG) kompaniyasi vakili Konstantin Polunin, Mariam Koyava ACCA (MIRSoc, Savvy Wealth), hamda Tojikiston Respublikasi “Tajinvest” davlat unitar korxonasi rahbari Dilshod Jurazoda sohadagi o‘z qarashlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir davomida, StoneX kompaniyasining rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha katta tahlilchisi Xuan Pablo Garmendia sessiya davomida quyidagicha fikr bildirdi: “Fundamental ko‘rsatkichlar juda yaxshi, mintaqada barqaror o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. Biroq global kapital bozorlarida yetakchilikka erishish uchun institutlarning kuchi va shaffoflik muhim omil hisoblanadi.”
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari Mansurjon Rasulev ham o‘z qarashlarini bildirdi. “Mening orzum – Markaziy Osiyoning barcha davlatlari yagona yo‘nalishda harakat qilishi. Bu mintaqaning ravnaqi uchun xizmat qiladi. Oldimizdagi eng muhim bosqich – mahalliy yetakchi kompaniyalarimizni global IPO bozorlari orqali xalqaro moliyaviy maydonga olib chiqishdir.”
Mamlakatimiz bugungi kunda nafaqat investitsiyalar uchun ochiq mamlakat sifatida, balki shaffoflik, ishonch va qulaylik tamoyillariga asoslangan, raqamli yechimlarga tayanuvchi zamonaviy investitsiya ekotizimini shakllantirish yo‘lida qat’iy qadamlar tashlamoqda.
.jpg)

