O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi. Dastur doirasida Prezident Abu-Dabi shahrida BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi, shuningdek, ushbu mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etdi.

Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya;

  • Investisiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

  • Moliyaviy-texnik hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

  • Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

  • investisiyalar, sanoat va ilg‘or texnologiyalar, adliya, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, foydali qazilmalar sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida idoralararo bitimlar;

  • Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

  • Diplomatik akademiyalar o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim va boshqalar.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va BAA o‘rtasida yuqori darajadagi o‘zaro ishonch va uzoq muddatli strategik hamkorlikka sodiqlikni namoyon etdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati.