Davlatimiz rahbarining shaxsiy e’tibori va ishtiroki Forumning xalqaro miqyosdagi ahamiyatini yana bir bor ta’kidlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev IV Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumining ochilish marosimida so‘zga chiqib, tadbirning rasmiy ravishda ish boshlashiga tantanali start beradi. Mamlakatimiz yetakchisining ushbu yirik xalqaro tadbirda ishtirok etishi – O‘zbekistonning ochiqlik, xorijiy investitsiyalar uchun qulay muhit yaratish va chuqur islohotlar yo‘liga sodiqligini, shuningdek, barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga intilishini yaqqol ifodalaydi.

Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi — bu jahon miqyosidagi investorlar, yetakchi kompaniyalar vakillari va nufuzli siyosiy doiralar o‘rtasida muloqotni mustahkamlovchi, o‘zaro manfaatli hamkorlik asoslarini shakllantiruvchi muhim platformadir. Forum doirasida uch kun davomida ishtirokchilar global investitsiya trendlari, istiqbolli loyihalar hamda sektorlar kesimidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgan, ochiqlik tamoyillariga asoslangan va xalqaro hamkorlikka tayyor bo‘lgan O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini yaqindan o‘rganish uchun bu noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

IV Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://tiif.online/register