2025-yil 16-fevral kuni Al-Kuvayt shahrida Kuvayt-Oʻzbekiston biznes forumi boʻlib oʻtdi. Usbu tadbirda hukumat a’zolari, tadbirkorlar va investitsiya tashkilotlarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Forumda toʻqimachilik, qurilish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati, bank-moliya, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika kabi sohalardagi kompaniyalar faol qatnashdi.

Forum investitsiyalar, xalqaro savdo, qoʻshma korxonalar tashkil etish va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga bagʻishlandi. Ishtirokchilarga soliq va bojxona imtiyozlari haqida ma'lumot berildi, hamda tadbirkorlikni yuritish sharoitlari va istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Forum doirasida G2B va B2B formatlarida muzokaralar oʻtkazilib, bir qator kelishuvlar, jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va koʻchmas mulk boʻyicha ikki tomonlama shartnomalar imzolanadi.