O‘zbekiston iqtisodiy transformatsiya jarayonidan o‘tayotgan bir davrda Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi (TXIF) xalqaro muloqot, hamkorlik va strategik investitsiyalar uchun muhim platformaga aylanmoqda. Joriy yilgi forum doirasida mamlakatimiz uchun ustuvor hisoblangan yo‘nalishlar – sanoatni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotning raqamlashtirilishi, barqaror taraqqiyot tamoyillarini ilgari surish hamda mintaqaviy savdo aloqalarini kengaytirish masalalari ilgari suriladi. Bu jarayonda yetakchi xorijiy investorlar, siyosatchilar va biznes doiralar vakillari faol ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, joriy yilda TXIF doirasida ilk marotaba O‘zbekistonning sanoat va investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan Milliy ko‘rgazma tashkil etiladi. Mazkur ko‘rgazmada 10 dan ortiq istiqbolli tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan, neft-kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati kabi sohalarni qamrab olgan 90 dan ortiq yetakchi kompaniyalar ishtirok etadi. Ushbu maydon orqali xalqaro hamkorlarga mamlakatimizda mavjud zamonaviy ishlab chiqarish imkoniyatlari va sarmoya uchun ochiq bo‘lgan tarmoqlar yuzasidan aniq va to‘liq tasavvur shakllanishi ta’minlanadi.
TXIF – bu investorlar bevosita sanoat yetakchilari bilan uchrashadigan, yangi tarmoqlarni o‘rganadigan va uzoq muddatli rivojlanish maqsadlariga mos loyihalarni kashf etadigan joydir.
📅 2025-yil 10–12-iyun
📍 Toshkent, O‘zbekiston
🗓️ Ro'yxatdan o'tish jarayoni 31-mayga qadar davom etadi.
Siz ilgari TXIFda ishtirok etganmisiz? Siz uchun eng esda qolarli jihat nima bo‘ldi?
Investitsiya olamining eng dinamik markazlaridan birida yangi imkoniyatlarni kashf eting! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting –https://tiif.online/register