Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy bilim va malaka talablari:
Iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik yoki boshqa o‘zaro bog‘liq sohalarda bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lishi;
Tahliliy ko‘nikmalar: raqamlar(data) bilan ishlash, ma’lumotlarga asoslangan holda qarorlar qabul qila olish qobiliyati;
Tahlil, konsalting yoki investitsiya faoliyati sohasida kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lish.
O‘zbek, rus va ingliz tillarini (B2 darajasi yoki undan yuqori) bilishi;
Iqtisodiyot, xalqaro bozorlar va investitsiya faoliyati haqida bilimga ega bo‘lish;
Tadbirkorlik va investitsiya faoliyatiga taaluqli qonunlar va normativ hujjatlar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
Davlat boshqaruvi organlari, xalqaro tashkilotlar va tahlil markazlarida ishlash tajribasiga ustunlik beriladi;
Microsoft Office, Power Point, Tableau, Power BI dasturlarini bilishi.
Biz, nafaqat ma’lumotlar bilan ishlaydigan, balki iqtisodiyotning o‘sishi va o'zgarishi uchun imkoniyatlarni aniqlay oladigan mutaxassisni qidirayapmiz. Tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish bo‘limining bosh mutaxassisi bizning jamoamizning muhim aʼzosi bo‘lib, mamlakatimizga horijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash bo‘limining vazifalari:
Xalqaro investitsiya tajribalarini tahlil qilish va xorijiy investorlarni jalb qilish istiqbollarni aniqlash;
Tahliliy hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash;
O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash strategiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Amalga oshirilgan loyihalarning samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Xalqaro tashkilotlar, banklar va investitsiya fondlari bilan hamkorlik qilish.
Biz nima taklif qilamiz:
Mamlakatning investitsiya muhitini shakllantirishga taʼsir ko‘rsatish imkoniyati;
Tahliliy hujjatlardan foydalanish va ularni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ahil va tajribali jamoa bilan ishlash;
Raqobatbardosh ish haqi va ijtimoiy paket;
Xalqaro loyihalar va forumlarda ishtirok etish;
Professional rivojlanish va o‘qish imkoniyatlari;
Ish haqi: Belgilangan me’yorlar va erishilgan natijalarga bog‘liq moddiy rag‘batlantirish asosida.
Ariza topshirish tartibi: Argos orqali https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/13429