O‘zbekiston Respublikasi Hukumati “Toshkent–Andijon” (1-bosqich) pulli avtomobil yo‘lining birinchi bosqichini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Loyiha Toshkentdan Angrengacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va Qamchiq dovonini o‘z ichiga oladi (umumiy uzunligi 171 km). Loyihaning birinchi bosqich konsepsiyasi joriy yilning 21-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati Jahon banki bilan birgalikda ushbu loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherikni aniqlashda Arup (Buyuk Britaniya), PwC (O‘zbekiston) va CMS (Buyuk Britaniya) kabi yirik xalqaro mutaxasislarini jalb etdi. Shuningdek, tenderda g‘olib bo‘gan ishtirokchi bilan uzoq muddatli davlat-xususiy sheriklik (DXSh) bitimini imzolash rejalashtirolmoqda.
Tender ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Birinchi bosqich — xususiy kompaniyalar tomonidan dastlabki saralash uchun hujjatlarni topshirish (RFQ).
Ikkinchi bosqich — dastlabki saralashdan oʻtgan kompaniyalar texnik va moliyaviy takliflarini taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi yo‘l qurilish sohasida DXSh loyihalarida tajribaga ega bo‘lgan barcha manfaatdor ishtirokchilarni joriy yilning 21-aprel kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan) gacha tenderda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirishga taklif qiladi.
RFQ hujjatlarini quyidagi elektron pochta manziliga yuborish mumkin: uz_tar_tender@pwc.com.