2025-yil 15-aprel kuni Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligida Polshaning “Cormay Diagnostics”, “Love Skin Food”, “Lublin Conference Center” kompaniyalari hamda Lyublin voyevodaligi Marshal ofisi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va kosmetika sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, mahsulotlarni sertifikatlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun yer ajratish, logistika va eksport masalalari ko‘rib chiqildi.
Polsha delegatsiyasi O‘zbekistonning investitsion salohiyatini o‘rganishga hamda uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirdi. O‘z navbatida Agentlik rahbariyati tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, mahsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun preferensiyalar, shuningdek mamlakatda jadal rivojlanayotgan farmatsevtika va agrosanoat sohalaridagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar axborot almashinuvini davom ettirishga kelishib oldilar. Shuningdek, Agentlik tashabbusi bilan O‘zbekistonning “Hayat Cosmetics” MCHJ va Polshaning “Love Skin Food” kompaniyalari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Muloqot natijasida 100% tabiiy xomashyodan kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishga doir kelishuvga erishildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)