2025-yil 18-mart kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Investorlar assotsiatsiyasining birinchi yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Mazkur tadbirda a’zo davlatlarning investitsiya sohasidagi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktor o‘rinbosari R. Nesor ishtirok etib, mamlakatning investitsiya muhiti va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha erishilgan natijalar haqida ma’ruza qildi.

Yig‘ilishning asosiy natijalari:

  • ShHT mamlakatlarida investitsiya hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi va investitsiya muhiti tahlil qilindi;

  • Mintaqaga investitsiyalarni jalb etish borasidagi natijalar muhokama qilinib, istiqbolli rejalar belgilandi;

  • Investorlar assotsiatsiyasining 2025-yilgi ish rejasi tasdiqlandi;

  • Kelishuvlarni rasmiylashtirish va hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida bayonnoma imzolandi.

Mazkur yig‘ilish ShHT mintaqasida investitsiya aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, biznes va sarmoya jarayonlarini jadallashtirish hamda iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘ldi.