Joriy yilning 19-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Mazkur hujjat tomonlarning sa’y-harakatlarini quyidagi yo‘nalishlarda birlashtirishni nazarda tutadi:
·mamlakatning investitsiya muhitini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni birgalikda ishlab chiqish;
·potensial investorlarni O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy sektorlar va tendensiyalar haqida xabardor qilish uchun tahliliy materiallar, tarmoq sharhlari va mavzuli maqolalarni tayyorlash hamda nashr etish;
·O‘zbekistonni xorijiy investitsiyalar uchun manzili sifatida keng targ‘ib qilish maqsadida qo‘shma tadbirlar va konferensiyalar tashkil etish.
Ushbu va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlik ta’lim tizimi va biznesning yanada integratsiyalashuviga xizmat qiladi, shuningdek, xorijiy investorlar uchun amaliy tadqiqotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.