2025-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashi (OHICHBK) Bosh kotibi, elchi Kayrat Sarybay bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: OHICHBK – Osiyo mintaqasida o‘zaro anglashuv, hamkorlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi xalqaro muloqot maydonchasi bo‘lib, uning tarkibiga 28 ta davlat a’zo hisoblanadi.

Uchrashuv davomida tomonlar OHICHBK doirasidagi Ishbilarmonlar kengashi bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlarini muhokama qildi. Xususan, Kengashning joriy yil may oyida Bokuda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan navbatdagi yig‘ilishda Agentlikning ishtirok etish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Ta’kidlandiki, Ishbilarmonlar kengashi kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashib, a’zo davlatlar o‘rtasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Uchrashuv yakunida OHICHBK Bosh kotibi besh davlatning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan elektron to‘plam loyihasi ishga tushirilganini ma’lum qilib, O‘zbekistonni ushbu tashabbusga qo‘shilishga taklif etdi.