Joriy yilning 29-may kuni Xoriijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Bangkok (Tayland) shahrida boʻlib oʻtgan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining “Markaziy Osiyoda investitsiyalarni jalb etish va hududiy investitsiya hamkorligini kuchaytirish” mavzusiga bagʻishlangan II sessiyada ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Tadbir davomida Agentlik ESCAP bilan oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, texnik ko‘mak, institutsional salohiyatni oshirish va investitsiya faoliyatini raqamlashtirish borasida qo‘shma loyihalarni ilgari surish boʻyicha ochiqligini bildirdi.

Sessiya yakunida, Agentlik mintaqaviy investitsiya strategiyalarini ishlab chiqish va ilgari surishda faol ishtirok etishni, shuningdek, Markaziy Osiyoda barqaror va inklyuziv investitsiyalarni jalb etish maqsadida ESCAP va mintaqadagi hamkor institutlar bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.