O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi “Yangi O‘zbekiston: ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat” nomli tahliliy hisobotni va PwC xalqaro kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston investitsiya qo‘llanmasi – 2025” yangilangan nashrlarini taqdim etdi.
Mazkur nashrlar mamlakatimizning biznes va investitsiya muhiti bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi, jumladan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ustuvor iqtisodiy sohalar, soliq va bojxona tartib-taomillari, normativ-huquqiy baza, biznes ochish va yuritish shartlari, shuningdek, xorijiy investorlar uchun mavjud imtiyozlar. Bundan tashqari, “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlar aks ettirilgan bo‘lib, ular iqtisodiyotning liberallashuvi, yashil energetikaning rivojlanishi, raqamli transformatsiya, xususiy sektor rolini kengaytirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu nashrlar mamlakatimizni ishonchli hamkor va istiqbolli investitsiya yo‘nalishi sifatida ko‘rayotgan xorijiy investorlar uchun muhim axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
To‘liq nashrlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: