2025-yil 8-aprel kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Vyetnam davlat va ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat 100 dan ortiq ishtirokchini birlashtirgan Oʻzbekiston-Vyetnam davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev hamda Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Milliy Assambleyasi raisi Chan Txanh Man ochib berdilar.
Rasmiy qism doirasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi oʻrtasida 2025–2026-yillarga moʻljallangan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025–2026-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturi boʻyicha anglashuv memorandumi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Investitsiyalar va sanoat vazirligi oʻrtasida 2025–2026-yillarga moʻljallangan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasi toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi;
Ikki davlat Sogʻliqni saqlash vazirliklari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi.
Rasmiy qism yakunlangach, davra suhbati ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlari va istiqbolli loyihalari yuzasidan ochiq muloqot olib bordilar. Muvofiq vazirliklar va Oʻzbekiston hamda Vyetnamning yetakchi kompaniyalari vakillari yashil energetika, turizm, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aviatsiya sanoati, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, toʻqimachilik va elektrotexnika sanoati, shuningdek oziq-ovqat, kimyo va qayta ishlash sanoati kabi asosiy yoʻnalishlarda oʻzaro fikr almashdilar.
Tadbir yakunida B2B va G2B formatlarida muzokaralar tashkil etildi.





.png)