Joriy yilning 18-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Xitoy loyihaviy hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda 38 ta xitoy kompaniyasi vakillari hamda xitoy kapitaliga ega 5 ta mahalliy korxona vakillari ishtirok etib, jami 50 nafar qatnashchi ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktor v.b. Mansurjon Rasulev O‘zbekistondagi investitsiyaviy muhitga bag‘ishlangan taqdimot bilan chiqdi. Direktor o‘z nutqida Xitoy bilan amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli qo‘shma loyihalarni alohida qayd etib, energetika, IT sanoatidagi mavjud imkoniyatlar hamda yirik urbanizatsiya tashabbusi – New Tashkent City loyihasining investitsiyaviy salohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida energetika va qishloq ho’jalili sohasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan G2B muzokaralar bo’lib o’tdi.