Joriy yilning 21-fevral kuni Turkiyaning Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi (DEİK) tomonidan “12 oy - 12 viloyat: biznes va investitsiya imkoniyatlari” tashabbusi doirasida onlayn vebinar oʻtkazildi. Tadbir Xorazm viloyatining investitsiyaviy salohiyatiga bagʻishlanlanib, Turkiyaning 40 dan ortiq biznes vakillari ishtirok etdi.

Vebinar davomida investitsiyaviy muhit, maxsus iqtisodiy zonalar hamda sanoat va tekstil sohasi, qishloq xoʻjaligi va turizm yoʻnalishidagi istiqbolli loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Direktori vazifasini bajaruvchi Mansurjon Rasulev mamlakatda investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha olib borilayotgan asosiy islohotlar hamda ularning natijalari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Shuningdek, savol-javob sessiyasi davomida Turkiyaning ishbilarmon doira vakillari energetika, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi investitsiyaviy imkoniyatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.