Meva va sabzavotlarni aeroponika usulida yetishtirish
85 100 USD

Project information
NPV
$102,1
IRR
22,8%
DPP
4,4 yil
Sector
Agriculture and Food
Project status
Open for investment
Contact person
+998 (71) 202-02-10 (503) uzipa@invest.gov.uz
Loyihaning maqsadi
Organik, Global G.A.P va Halal standartlari talablariga asoslangan holda meva, sabzavot va ko‘katlar yetishtirish.
Startap loyihani amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni hamkorlikka taklif etamiz.
Loyihada yiliga o’rtacha 15-18 tonna qulpnay, pomidor, bodring va ko`katlar yetishtiriladi.
Infratuzilma xarajatlari
O‘zbekistonda infratuzilma resurslari uchun raqobatbardosh tariflar mavjud bo‘lib, bu mamlakatni sanoat investitsiyalari uchun jozibador manzilga aylantiradi. Asosiy xarajatlar quyidagilardan iborat:
Gaz: m³ uchun 12 sent
Elektr energiyasi: kVt/soat uchun 7 sent
Suv: m³ uchun 20 sent
Savdo qilishga imkoniyat
GSP+ shartnomasi Yevropa Ittifoqiga 6200 ta mahsulotni pasaytirilgan yoki nol tariflar bilan eksport qilish imkonini beradi. MDHning erkin savdo shartnomasi MDH davlatlari bilan yanada integratsiyalashgan va ochiq bozorni yaratadi.
Soliq imtiyozlari
Erkin iqtisodiy zonalarda (EIZ) faoliyat yuritayotgan investorlar yer, mulk, suv va yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin:
3 yil — 0,3 milliondan 3 million AQSH dollarigacha boʻlgan investitsiyalar uchun
5 yil — 3 milliondan 5 million AQSH dollarigacha boʻlgan investitsiyalar uchun
7 yil — 5 milliondan 10 million AQSH dollarigacha boʻlgan investitsiyalar uchun
10 yil — 10 million AQSh dollaridan ortiq investitsiyalar uchun