Texnologiyalar

Key Sector Stats

0% korporativ soliqlar

IT parklarida royxatdan o'tgan kompaniyalar uchun

77%

2025 yilga kelib smartfonlarning O'zbekistonda tarqalishi

1000+

O'zbekistondagi startaplar soni

Texnologik sektor O'zbekiston iqtisodiyotining asosiy “drayverlaridan” biriga aylanmoqda. Raqamli ekosistemaning mamlakat YaIMidagi ulushi 2020-yilda 0,99% dan 2022-yilda 2,77% ga qadar deyarli uch baravar oshdi va bu ko'rsatkichlar o'sishda davom etmoqda.


2019-yilda IT parkining ishga tushirilishi sektorda muhim bosqich bo'ldi. Park 28 ta yangi startapni yaratdi va yosh o'zbek mutaxassislarini IT sohasida qo'llab-quvvatlash hamda aholining kompyuter savodxonligini oshirish uchun asosiy makon bo'ldi.


Texnologik sektor rivojlanishi bilan mamlakatda birinchi unicorn kompaniya – Uzum, milliy raqamli ekosistema paydo bo'ldi. Uzum fintech xizmatlari, E-commerce va mamlakat bo'ylab mahsulot yetkazib berish bilan shug'ullanadi. Hozirda kompaniya 1 milliard AQSh dollariga baholanmoqda va mintaqadagi 1000 dan ortiq startaplar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda yetakchi hisoblanadi.


O'zbekiston shuningdek, IT xizmatlar sohasida katta o'yinchiga aylanyapti, 2020-yildan 2022-yilgacha xizmat eksporti 169,3 million AQSh dollaridan 306 million AQSh dollarigacha oshdi. 2022-yilda dasturiy ta'minotni ishlab chiqish xizmatlari eksporti 2019-yildagi 6,2 million AQSh dollaridan 141 million AQSh dollargacha oshdi.


Investitsion taklifimizni yuklab olish va koʻproq maʼlumot olish uchun shu yerni bosing

Logo
Supported byLogo

Invest.gov.uz инвестиция портали материалларидан асил манба ва Порталга ҳавола кўрсатилмаган ҳолда ҳар қандай фойдаланиш (кўпайтириш, чоп этиш, нусхалаш, қайта чоп этиш, тарқатиш, таржима қилиш, эфирга узатиш, қайта ишлаш ва тарқатишнинг бошқа усуллари) қатъиян ман этилади.

2025