Joriy yilning 20-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston–Qozog‘iston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat sektori va biznes doiralarining 100 dan ortiq vakillari, jumladan, QazTrade, Kedentransservis, Medial Group, Asyl Dan Trade, Telli Ondiris, Hi-tech Building, Teplomart va boshqa kompaniyalar ishtirok etdi.
Forum doirasida tegishli vazirliklar hamda biznes uyushmalar vakillari elektr texnika sanoati, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Tadbir doirasida iMAS GROUP, StalZink, Empire Food, KZ Export kabi Qozog‘iston kompaniyalar bilan hamkorlik bo‘yicha muhim hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Forum B2B muzokaralari bilan yakunlandi.