Maxsus iqtisodiy zonalar
Investorlar ko'p beradigan savollar
Har bir javob ostida uni belgilovchi modda ko'rsatilgan.
Ha. Ariza my.gov.uz orqali ham beriladi. Xorijiy yuridik shaxs legallashtirilgan yoki apostil qo'yilgan hujjatlarni davlat va ingliz tiliga notarial tarjimasi bilan taqdim etadi. Auksionda uchastka olingach, 5 ish kuni ichida O'zbekistonda yuridik shaxs ro'yxatdan o'tkaziladi va ishtirokchi maqomini shu yuridik shaxs oladi.
O'RQ-604, 26, 29-moddalarUchastkalar elektron onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi. Auksion g'olibi ijara va direksiya bilan investitsiya bitimini tuzish huquqini oladi. Bo'sh davlat obyektlari investitsiya majburiyatlari bilan auksionda sotilishi mumkin.
O'RQ-604, 7, 24-moddalarDireksiya 10 ish kuni ichida qaror qabul qiladi. Murojaatdan guvohnomagacha reglament bo'yicha jami 25 ish kuni, auksion davri bundan tashqari. Hujjatlar qaytarilsa, 30 kun ichida qayta taqdim etish mumkin, takroriy ko'rib chiqish 5 ish kuni.
O'RQ-604, 27-modda; VMQ-452Yagona asos — hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumot aniqlanishi. Boshqa asoslar bilan rad etish taqiqlangan; hujjatlardagi kamchilik rad etish emas, qaytarish uchun asos.
VMQ-452Ha. Yer uchastkalari Hukumat komissiyasi eng yaxshi taklifni tanlashi orqali Vazirlar Mahkamasi qarori bilan to'g'ridan-to'g'ri ijaraga berilishi mumkin. Ijara huquqi qiymati bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadi.
PF-41, 3-band «v», «g»Tanlash to'g'risidagi qarordan keyin 6 oy ichida investitsiya majburiyatini bajarishni boshlash kerak. Uzrsiz sabab bilan boshlanmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi va yer direksiya balansiga qaytariladi.
PF-41, 5-band «d»Bir martalik to'lov — bazaviy hisoblash miqdorining 45 baravari (19,8 mln so'm). To'lov auksion va bitim tuzilgandan keyin, guvohnoma olishdan oldin amalga oshiriladi.
VMQ-452Yer solig'i, mol-mulk solig'i va bojxona to'lovlari bo'yicha: 300 ming $ dan 3 mln $ gacha — 3 yil, 3–5 mln $ — 5 yil, 5–10 mln $ — 7 yil, 10 mln $ va yuqori — 10 yil. Foyda solig'i bo'yicha: 3–5 mln $ — 3 yil, 5–15 mln $ — 5 yil, 15 mln $ va yuqori — 10 yil.
PF-4853, 4-band; SK 473-moddaMol-mulk va yer solig'i bo'yicha — ishtirokchi guvohnomasi olingan kundan. Foyda solig'i bo'yicha — zonadagi ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan.
SK 474-moddaShu sanadan maqom olganlarga foyda solig'i imtiyozi soliqdan ozod qilish emas, balki investitsiya hajmiga qarab 3, 5 yoki 10 yil davomida asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi shaklida beriladi.
SK 473-moddaHa, hajm uzoqroq muddat pog'onasiga yetsa, muddat haqiqiy hajmga muvofiq uzaytiriladi. Oshirish avvalgi muddat tugagandan keyin bo'lsa, imtiyoz huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan qo'llaniladi.
SK 474-moddaMaxsus iqtisodiy zonada faoliyatini yangidan boshlayotgan investorlarga yer 49 yilgacha ijaraga berilishi mumkin.
PF-41, 5-band «g»Yo'q. G'oliblik to'g'risidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimiga yuboriladi va korxona zona hududida avtomatik qayta ro'yxatdan o'tkaziladi.
VMQ-452, 22¹-bandHa. Maxsus iqtisodiy zonada tadbirkorlar o'z hisobidan ishlab chiqarish binolarini qurib, ijaraga berishi yoki sanoat ipotekasi va bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotishi mumkin. Tartib va loyihalarga mezonlarni Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
PF-41, 5-band «v»Zona korxonalari xodimlarining kamida 90 foizi O'zbekiston fuqarolari bo'lishi kerak. Mehnat shartlari qonunchilik va XMT konvensiyalaridagidan yomonlashtirilishi mumkin emas.
Ha. Imtiyozlar amal qilish muddatida, lekin 10 yildan oshmagan davrda ishtirokchi reyestrga kiritilgan sanadagi soliq normalari qo'llaniladi. Aksiz tovarlar bundan mustasno.
Direksiya dalolatnoma tuzib, bartaraf etish uchun 90 kungacha muddat beradi. Bajarilmasa, bitim bekor qilinishi xabar qilinadi; 10 kun ichida sudga shikoyat qilish mumkin. Mahrum etilsa, imtiyozlar bekor bo'ladi va to'lanmagan soliq va bojxona to'lovlari to'liq undiriladi.
Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan xususiy investor ishlab chiqarish uchun infratuzilma qursa, xarajatlar keyinchalik zona mablag'lari hisobidan qoplanadi.
Yo'q. Direksiya ishtirokchilarning qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Qonunda belgilangan ayrim asoslar bo'yicha tugatilganda Prezident qaroriga ko'ra ishtirokchilarga zarar yoki boy berilgan naf uchun kafolat va kompensatsiya beriladi yoxud ilgari berilgan imtiyozlar saqlanib qoladi.